Saudiyada erining telefonidan beruxsat foydalangan ayollar qamalishi yoki jarimaga tortilishi mumkin
Saudiya Arabistonida erining telefonini uning ruxsatisiz titkilagan ayollar qamalishi yoki katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda saudiyalik advokat Rim Ibrohimga asosanib Gulf News portali xabar berdi.
Advokatga ko‘ra, ayol kishi erining telefonini xufyona ochib ko‘rishi zimdan tinglashga tenglashtiriladi, bu esa mamlakat qonunlarini buzish hisoblanadi.
Aybi bo‘yniga qo‘yilgan ayol kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun asosida bir yilgacha qamalishi yoki 133 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin, dedi advokat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter