Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Umra» ziyoratchilari uchun majburiy tartib e’lon qilindi

«Umra» ziyoratchilari uchun majburiy tartib e’lon qilindi

Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025 yilda mamlakatga tashrif buyuruvchilar, jumladan «Umra» ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlanish majburiy etib belgilangani ma’lum qilindi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni davrda dunyoda meningokokk bilan kasallanish holatlari ko‘payishi kuzatilmoqda.

Soha mutaxassislari bildirishicha, ushbu infeksiya havo orqali yuqadigan kasallik bo‘lib, unga chalingan shaxs aksirsa yoki yo‘talsa infeksiya butun atrofga tarqaydi. Meningit istalgan yoshda uchrashi mumkin.

Shu bois, ziyoratchilar odamlar gavjum joylarda himoya niqoblaridan foydalanishlari, shaxsiy gigiyenaga rioya qilishlari va kasallikdan saqlanish ehtiyot choralarini ko‘rishlarini tavsiya etiladi.

Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy etgan tartib-qoidaga ko‘ra, emlanish podshohlikka kirishdan kamida 10 kun oldin amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Emlanganlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilni tashkil etadi.

Umra safarini niyat qilgan fuqarolarimiz respublikamizning barcha markaziy poliklinikalari yoki vaksinatsiya markazlarida meningitga qarshi emlanishlari mumkin, deb xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring