Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donald Tramp asli o‘zbekistonlik san’atkorning ashaddiy muxlisi bo‘lib chiqdi

Donald Tramp asli o‘zbekistonlik san’atkorning ashaddiy muxlisi bo‘lib chiqdi

Lola Astanova AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi bilan.

O‘zbekiston poytaxtida tug‘ilib o‘sgan Lola Astanova o‘z musiqiy mahorati bilan AQSh prezidentining ham e’tiborini tortgani ma’lum bo‘ldi.

Pianinochi o‘zining telegram kanalida joylagan videoda Donald Tramp musiqachining navbatdagi asariga yuqori baho beradi:

«Lola, salom, men buni hozirgina ko‘rdim. Juda go‘zal. Men bundan boshqachasini kutmagan bo‘lardim, sizga rahmat aytmoqchiman. Siz juda iste’dodli insonsiz, juda yoqdi. Rahmat, Lola».

Toshkentdagi Uspenskiy nomli musiqa maktabini tamomlagan va Moskvadagi Chaykovskiy nomli davlat konservatoriyasida dars olgan Lola Astanova ancha yillardan beri dunyo sahnalarida konsert berib keladi.

Uning Shopen, List va Raxmaninov asarlari talqini ko‘p olqishlarga sazovor bo‘lgan.

Lola Astanova italiyalik mashhur tenor Andreya Bocheli va kanadalik pop musiqa yulduzi Brayan Adamslar bilan ham hamkorlikda ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring