Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Rossiya mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2024 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qabul qilingan dasturiy va reja hujjatlariga muvofiq ikki mamlakat mudofaa idoralari hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring