Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tomoni Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida qatnashdi

O‘zbekiston tomoni Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida qatnashdi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi 31-yanvar kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.

Belarus Respublikasi raisligida o‘tgan yig‘ilishda Qozog‘iston Bosh vaziri O.Bektenov, Belarus Bosh vaziri R.Golovchenko, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi A.Kasimaliyev, Rossiya Hukumati raisi M.Mishustin, Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari M.Grigoryan, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi B.Sagintayev hamda YeOIIda kuzatuvchi-davlat sifatida Eron Birinchi vitse-prezidenti M.Aref va Kuba Bosh vaziri M.Krus (video murojaat orqali) hamda Ozarbayjon Bosh vaziri A.Asadov mehmon maqomida qatnashdi.

O‘zbekiston kuzatuvchi sifatida YeOIIning ko‘p tomonlama yig‘ilishlarida Ittifoq davlatlari va organlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish tashabbuslari bilan faol ishtirok etayotgani ta’kidlandi.

Xususan, 2024-yil oktyabr oyida qabul qilingan O‘zbekiston hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining uch yillik hamkorlikdagi faoliyati rejasi amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo sammitida ilgari surgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga hamda amalga oshirishga chaqirdi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

  • «YeOII davlatlarining xo‘jalik yurituvchi subektlari tomonidan agrosanoat majmuasi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish to‘g‘risida»gi topshiriq;
  • «YeHKning 2024-yilda qabul qilingan ayrim qarorlari bajarilishi holati to‘g‘risida»gi topshiriq;
  • «YeOIIga a’zo davlatlardagi makroiqtisodiy vaziyat va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar to‘g‘risida»gi farmoyish;
  • «Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga YeIK Kengashi a’zosi nomzodini taqdim etish to‘g‘risida»gi farmoyish;
  • «YeOII davlatlarida tashkil etilgan autsionlarda qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalaga chiqarish uchun transchegaraviy ruxsat to‘g‘risida»gi bitim.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring