Musiqa maktablari o‘qituvchilarning oylik maoshlari 10 foizga oshirilyapti

Prezidentning jamiyat madaniy hayotida teatrning ahamiyatini oshirish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir 2024-yil 22-noyabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Hukumatning ba’zi hujjatlariga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, bolalar musiqa va san’at maktablarida ishlab kelayotgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari oshiriladi.
Ya’ni, Madaniyat vazirligi tizimidagi bolalar musiqa va san’at maktablarining direktori, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va konsertmeysterlarining oylik ish haqlarini 2025-yil 1-yanvardan boshlab 10 foizga oshirish ko‘zda tutilyapti.
Hukumatning mazkur qarori loyihasiga ko‘ra, ushbu toifa pedagoglar oylik maoshlarining oshirilishi Davlat budjetidan qo‘shimcha 78 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratishni talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi hujjat hali loyiha bosqichida bo‘lib, Bosh vazir tasdig‘idan so‘ng kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter