Alisher Qodirov Energetika vazirligiga jiddiy e’tiroz bildirdi
![Alisher Qodirov Energetika vazirligiga jiddiy e’tiroz bildirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/920__95_2690270812.jpg)
Bugun jamiyatimizda energetika bilan bog‘liq e’tiroz va tushunmovchiliklar shunchalik ko‘payib ketdiki, ijtimoiy tarmoq orqali sohani tushungan ham, tushunmagan ham tanqid qilyapti, deyiladi «Milliy tiklanish partiyasi» xabarida.
Qayd etilishicha, bunga Energetika vazirligining targ‘ibot ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymagani asosiy sabab bo‘lmoqda.
«Bugun elektr energiyasining 75 foizi gazni yoqish orqali ishlab chiqarilayotgani, tarmoqdagi muammolar, "yashil energetika"ni rivojlantirish borasidagi ishlar, loyihalar ko‘lami haqida odamlarga kim ma’lumot beradi?» — deydi «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi, deputat Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirovning «gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi», degan so‘zlari keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va tanqidlarga uchragan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter