Tramp Putin bilan gaplashib olganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Ukrainadagi urush haqida gaplashganini aytdi.
Bu qachon sodir bo‘lganligi noma’lum. Ikki prezident telefonda necha marta gaplashgani haqidagi savolga Tramp: «Buni aytmaganim ma’qul», deb javob berdi.
Vladimir Putin, Trampning so‘zlariga ko‘ra, «odamlar jang maydonida o‘lishni bas qilishini» istaydi. AQSh prezidenti, shuningdek, urushni qanday tugatish bo‘yicha aniq rejasi borligini aytdi.
AQSh vitse-prezidenti J. Vens kelasi hafta Myunxendagi xavfsizlik anjumanida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Avvalroq Tramp kelasi hafta Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini aytgandi.
AQSh prezidenti, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari evaziga noyob tuproq metallari va boshqa resurslar uchun Zelenskiy bilan 500 million dollarlik shartnoma tuzmoqchi ekanligini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter