Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In chegara qo‘shinlariga yangi qurollarni topshirdi

Kim Chen In chegara qo‘shinlariga yangi qurollarni topshirdi

Shimoliy Koreya chegara qo‘shinlari yangi ballistik raketalar uchun 250 ta uchirgich qurilmasini oldi. Marosim Pxenyanda bo‘lib o‘tdi. Kim Chen In yangi texnikalarni armiya uchun «asosiy hujum quroli» deb atadi.

Marosim oldidan u «KXDR qurolli kuchlarining asosiy hujum quroli sifatida joriy etilayotgan» raketalarni ko‘zdan kechirib, keyin ularni chegara qo‘shinlariga topshirgan.

Yil boshidan beri Shimoliy Koreya bir qator ballistik raketalar sinovlarini o‘tkazdi. Ulardan ba’zilari, jumladan, aprel oyida gipertovushli «Xvasonpxo-16B» ballistik raketasining uchirilishiga Kim Chen In boshchilik qilgan.

Iyul oyi boshida Shimoliy Koreyaning raketasozlik bosh boshqarmasi yangi «Xvason-11da-4,5» taktik ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Yangi raketa og‘irligi 4,5 tonna bo‘lgan o‘ta yirik jangovar kallakka ega bo‘lib, uchish maksimal masofasi 500 km.ni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring