SpaceX ikkita tijoriy qurilmani Oyga uchirdi
Kecha, 15-yanvar kuni SpaceX kompaniyasi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan Falcon 9 raketasini uchirdi. Raketa bir yo‘la ikki tijoriy fazoviy qurilma — Blue Ghost (Firefly Aerospace, AQSh) hamda Resilience (ispace, Yaponiya)ni olib ko‘kka parvoz qildi.
Har ikki fazoviy kema Oyga yo‘l oldi.
Blue Ghost 45 kunda Oyga yetib borib, Inqirozlar dengiziga qo‘nishi rejalashtirilgan. Uning foydali yuklanmasi jami 94 kilogrammlik 10 ta yukdan iborat.
Bu ilmiy dasturning maqsadi Oy qa’ri tuzilishini va regolit (Oy tuprog‘i)ni o‘rganish, Oyga GPS tizimi signallari qanday yetib borishini, Yergacha aniq masofani aniqlash, radiatsiyaga chidamli kompyuterni sinovdan o‘tkazish, Quyosh shamolining Yer magnitosferasiga ta’siridagi o‘zgarishlarni qayd etish kabilardan iborat.
Resilience esa Oyga 4-5 oydan so‘ng yetib boradi. Yaponlarga tegishli bu qurilma Oydagi Sovuq dengizga qo‘nadi.
Uning bortida 6 ta foydali yuk bor: Oyda suv o‘tlaridan oziq-ovqat tayyorlash tajribasini o‘tkazuvchi modul, Oy regolitini to‘plovchi qurilma, Tenacious lunoxodi, suvni elektrolizlash qurilmasi, radiatsiya ko‘rsatkichi hamda Bandai Namco Inc instituti yaratgan esdalik yorliqchasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter