Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir amaliy tashrif bilan Olmaotada bo‘ladi

Bosh vazir amaliy tashrif bilan Olmaotada bo‘ladi

Shu yilning 30-31 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmaota shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi.

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Aripovning Qozog‘istonga tashrif dasturidan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida kuzatuvchi maqomida qatnashish, «Digital Almaty 2025» xalqaro raqamli forumining yalpi majlisida nutq so‘zlash hamda boshqa davlatlar hukumat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring