HAMAS Isroil harbiysi Agam Bergerni ozod qildi
HAMAS Isroil askari Agam Bergerni ozod qildi. U 2023-yil 7-oktyabrda Naxal-Oz harbiy bazasidan garovga olingan bo‘lgan.
482 kunlik asirlikdan so‘ng Agam Berger asirlikdan ozod qilindi va G‘azodagi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillariga topshirildi.
Falastin qarshilik harakatining, shuningdek, bugun yana ikki isroillik – 29 yoshli Arbel Yahud va 80 yoshli Gadi Moshe Mozesni ozod qilishi kutilyapti.
Shuningdek, 2023-yilning 7-oktyabrida garovga olingan besh nafar Tailand fuqarosi ham ozod etilishi mumkin. Ularning ozod etilishi Tailand hukumati va XAMAS o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasi ekanligi aytilmoqda.
Buning evaziga Isroil qamoqxonalaridan 110 nafar falastinlik mahbus, jumladan, 30 nafar voyaga yetmaganlar ozod qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi mahbuslar almashinuvda HAMASning Arbel Yahudni ozod eta olmaganiga javoban Isroil g‘azoliklarning anklav shimoliga qaytishiga ruxsat bermasligini bildirgan edi. Shundan so‘ng HAMAS Arbel Yahudni yaqin orada ozod qilishga va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter