Faqat ikki kishi tirik: Janubiy Koreyadagi halokat haqida ayanchli fakt e’lon qilindi
Janubiy Koreyadagi aviahalokatda 179 nafar kishi halok bo‘ldi. Samolyotda jami 181 kishi bo‘lgan va ikki kishigina tirik qoldi.
Bu haqda milliy yong‘in xavfsizligi xizmatiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, faqat ikki kishi qutqarilgan: bir yo‘lovchi va bir ekipaj a’zosi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozir rasmiylar Bangkokdan uchayotgan Jeju Air samolyoti halokatining ikkita asosiy sababini ko‘rib chiqmoqda: ob-havo sharoiti va qushlarning laynerga urilishi.
Havo kemasida asosan Janubiy Koreya fuqarolari va tailandliklar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 62 kishi qurbon bo‘lgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter