Rossiya samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining Farg‘ona—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha SU1971 reysini amalga oshirayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Ekipaj muqobil aerodromga borishga qaror qildi.
Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan 22:11 da poytaxtga kelib qo‘ndi. Samolyotdan yo‘lovchi (1954 yilda tug‘ilgan ayol) va uning yuklari tushirilgach yo‘lovchi insult gumoni bilan Toshkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizildi.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 23:02 da Moskvaga uchdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter