Ilhom Aliyev halokatga uchragan samolyot ekipajiga «Milliy qahramon» unvoni va «Jasorat» ordeni berdi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Oqtov shahri yaqinida halokatga uchragan Embraer 190 samolyoti ekipaji a’zolarini taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, samolyot komandiri Igor Kshnyakin, yordamchi uchuvchi Aleksandr Kalyaninov va bort kuzatuvchisi Hokima Aliyevaga «Milliy qahramon» unvoni berildi. Ularning barchasi halokatda qurbon bo‘ldi.
Bundan tashqari, tirik qolgan bort kuzatuvchilari Zulfiqor Asadov va Oydin Rahimli birinchi darajali «Rashadat» (Jasorat) ordeni bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Embraer 190 samolyoti Boku-Grozniy yo‘nalishida parvoz qilib, Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyot bortidagi 67 kishidan 38 nafari halok bo‘ldi.
Keyinchalik samolyot Rossiya hududida raketadan o‘qqa tutilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter