Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«DeepSeek» bilan bog‘liq vahima ortidan AQSh moliya bozori 1 trln dollar yo‘qotdi

«DeepSeek» bilan bog‘liq vahima ortidan  AQSh moliya bozori 1 trln dollar yo‘qotdi

Xitoyliklar «DeepSeek» deb nomlangan sun’iy intellekt modelini ommaga oshkor qilganidan so‘ng kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSh moliya bozori 1 trln dollar atrofida mablag‘ yo‘qotdi.

Gap shundaki, AQSh kompaniyalarining «OpenAI» kabi sun’iy intellekt (SI)lari milliardlab dollar va uzoq muddat sarflab yaratilgan bo‘lsa, Xitoy kompaniyasi yuqorida nomi keltirilgan SIni sanoqli oylar ichida va bor-yo‘g‘i 6 million dollar evaziga yaratgan.

Mutaxassislar modelning qudrati «OpenAI»ning eng so‘nggi modellaridan qolishmasligini aytishmoqda.

Yangilik AQSh fond bozorida vahimani keltirib chiqardi. O‘tgan yili sun’iy intellekt to‘lqini orqali dunyoning eng boy kompaniyasiga aylangan AQShning NVIDIA chip ishlab chiqaruvchisi aksiyalari deyarli 17 foizga tushib ketdi va bir kunda 589 mlrd dollar yo‘qotdi - bu AQSh fond bozori tarixidagi eng katta kunlik yo‘qotish hisoblanadi.

Shuningdek:

  • Microsoft 130 milliard dollar yo‘qotdi
  • Google kompaniyasi 80 milliard dollar yo‘qotdi
  • Tesla, Meta va Amazon aksiyalari ham keskin pasaydi
  • Yevropa texnologiya aksiyalari 4.5 foizga tushdi

Shunga qaramay, «bozordagi vahima va aksiyalar narxining qulashi – vaqtinchalik tebranish. Hammasi tez orada o‘z o‘rnini topadi», deb yozadi NYpost nashri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring