Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda halokatga uchragan samolyot bortida kamida 14 nafar figurali uchuvchi bo‘lgan

AQShda halokatga uchragan samolyot bortida kamida 14 nafar figurali uchuvchi bo‘lgan

Bir muddat oldin Vashingtonda yo‘lovchi samolyoti va harbiy vertolyot to‘qnashib ketgani va yo‘lovchi samolyoti bortida 64 kishi, harbiy vertolyotda esa 3 kishi bo‘lgani aytilgan edi.

Hozirga qadar yo‘lovchi layneri qulagan daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi. FQB samolyot halokatida na jinoiy tuzilmalar, na terrorchilik tuzilmalari ishtirok etmaganligini bildirgan.

RIA nashri sport agenti Ari Zakaryanga tayanib, samolyot bortida figurali uchuvchilar va rossiyalik sobiq murabbiylar bo‘lganini yozmoqda.

Amerikalik figurali uchuvchi Jon Maravilla esa halokatga uchragan samolyot bortida murabbiylarni hisobga olmaganda kamida 14 nafar figurali uchuvchi bo‘lganini iddao qilgan.

«Ismlarini aytmoqchi emasman, lekin samolyotda ota-onalarini hisobga olmaganda 14 ga yaqin figurali uchuvchi va bir nechta murabbiy bor edi. Bu juda achinarli», – degan Jon Maravilla. 

RIA manbasi, shuningdek, manbalariga tayanib, samolyot bortida bo‘lgan ikki kishining ismini keltirgan: ular – 1994-yilda figurali uchish bo‘yicha jahon chempionlari Evgeniya Shishkova va Vadim Naumov. Biroq ularning taqdiri haqida biror ma’lumot berilmagan.

Aytilishicha, ushbu aviahalokat AQShda so‘nggi 15 yildagi eng halokatlisi bo‘lishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring