Shvetsiyada shar shaklidagi ulkan arena qayta ta’mirdan chiqarildi
![Shvetsiyada shar shaklidagi ulkan arena qayta ta’mirdan chiqarildi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/920__95_4007942513.jpg)
Avicii Arena, Stokgolm.
HOK va CF Møller Architects me’morchilik kompaniyalari Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi Avicii Arena rekonstruksiyasini yakunlashdi. Bu haqda Dezeen jurnali xabar berdi.
Avicii — kattaligi bo‘yicha dunyoda Las-Vegasdagi MSG Spheredan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi sharsimon inshoot.
Me’morlarga yuklangan vazifa 1989-yilda qurilgan va madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan binoning me’moriy qiyofasiga ziyon yetkazmagan holda uni zamonaviy va ko‘p funksiyali arenaga aylantirish edi. Bu yerda sport musobaqalari, turli tomoshalar va konsertlar uyushitiriladi.
Arena o‘z bag‘riga 16 000 gacha tomoshabinni sig‘diradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter