«Real»ga «Santyago Bernabeu» stadioni bir yilda qancha daromad keltiradi?

Jahonning eng sovrindor futbol klubi — «Real Madrid» o‘tgan mavsumda o‘zining «Santyago Bernabeu» stadionidan 307 mln yevro daromad oldi, deb yozdi Marca. Stadion sig‘imi — 78 297 tomoshabin.
Bu mavsumda esa stadion jami 354 mln yevro yoki har bir o‘yindan o‘rtacha 10 mln yevro daromad keltirishi kutilmoqda.
Qirollik klubining uy stadioni keltiradigan daromadlar: o‘yin kunlari tushadigan pullar, turli ekskursiyalar va boshqa tadbirlardan olinadigan mablag‘lar. «Galaktikos» g‘aznasiga bir o‘yinda o‘rtacha 10 mln yevro kelib tushadi.
«Real» o‘tgan mavsumda «Santyago Bernabeu»da 25 o‘yin o‘tkazib, 248 mln yevro ishladi.
Bundan tashqari, «Real» o‘z stadionida turli konsertlar o‘tkazib g‘aznasini to‘ldirishi mumkin edi, biroq Madrid hokimligining shovqin bo‘yicha talablaridan kelib chiqib, ular bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter