Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi «guchchimaniya»: o‘zbek xonandalari ham hayratini yashirolmadi (video)

Yangi «guchchimaniya»: o‘zbek xonandalari ham hayratini yashirolmadi (video)

Taniqli kinorejissyor Ridli Skott tasvirga olgan «Guchchilar uyi» filmi butun dunyo, shuningdek, o‘zbek shou-biznes olamida ham katta shuhrat qozonishni boshladi.

24 noyabrda katta premerasi bo‘lgan kinokartina nafaqat AQShda, balki Rossiya va MDH davlatlarida ham daromad keltirish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Taniqli shou-biznes vakillari kino haqida o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashmoqda.

Xususan, o‘zbek estradasi vakillaridan Lola, Rayhon, Shahzoda kabi xonandalar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali mazkur film haqida fikrlarini yozishdi. Masalan, Lola, Rayhon va Asal Shodiyeva kinodan olgan hayratini yashira olmadi va iliq fikrlar bildirdi. Shahzoda esa Guchchilar tarixini bilgani bois unchalik maqtamadi. Lekin aktyorlar tarkibini olqishladi.

Ledi Gaga, Al Pachino, Jared Leto, Adam Drayver, Salma Xayek kabi mashhur aktyorlar jamlangan «Guchchilar uyi» filmi voqealari 1995 yilda ro‘y beradi. Unda taniqli modeler Mauiritsio Guchchi va uning sobiq xotini Patritsiya Rejani bilan munosabatlari tasvirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring