Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turk seriallarini dunyoda qancha odam ko‘rishi ochiqlandi

Turk seriallarini dunyoda qancha odam ko‘rishi ochiqlandi

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Batuhan Mumju, Turkiyada ishlab chiqarilgan seriallar Amerikadan Rossiyaga, Uzoq Sharqdan Lotin Amerikasiga qadar dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish etilgani va tomoshabinlar soni taxminan 750 million kishiga yetganini bildirdi.

Turk seriallari butun dunyoda tomosha qilinayotganiga diqqat qaratgan Mumju: «Turkiya serial va kino sanoati eksport bo‘yicha dunyoning birinchi 5 davlati orasida. Turk seriallari sotilgan hududlarda Turkiya va turk madaniyatini tanitish nuqtai nazaridan katta ta’sirga egadir», — dedi.

Mumju pandemiya davrija kinoteatrlar uzoq vaqt eshiklarini yopishga majbur bo‘lganini va butun dunyoda bo‘lgani kabi Turkiyada ham tomoshabinlar sonida katta pasayish kuzatilganini qayd etdi.

«Ushbu jarayonda kinoteatrlar faoliyatini davom ettirishlari uchun 32 million liralik yordam berdik. Bundan tashqari, G‘aznachilik va Moliya vazirligimiz bilan hamkorlikda 10 foizlik «O‘yin-kulgu solig‘i»ni 0 foizga tushirdik va shu bilan 2023 yilda sektorga 278 million liralik yordam ko‘rsatdik», — dedi u.

Kinotomoshabinlar sonini oshirish uchun qonunchilikka o‘zgartirish kiritilgan va ikkita yangi chegirmali chipta turlari joriy qilingan.

«Biz xususiy muassasalarga chegirmali chiptalar xarid qilishiga yo‘l ochdik. Ushbu tartib 2024 yilda tomoshabinlar soniga katta hissa qo‘shishiga ishonamiz. Kino sohamiz bu yilni juda yaxshi boshladi. Tomoshabinlar soni 2024 yilning fevralida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga oshgan. 2024 yilda tomoshabinlar soni 40 milliondan oshadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga o‘sish deganidir», — ta’kidlaydi vazir o‘rinbosari.

Batuhan Mumju Turkiyada xorijiy filmlar suratga olish ishlariga ham to‘xtalib, mamlakatning boy tarixi va tabiiy go‘zalliklari bilan tabiiy plato xususiyatiga ega ekanligini qayd etdi.

«Gollivud ko‘plab filmlarini mamlakatimizda suratga olishni xohlaydi. Umid qilamizki, kelgusi davrda Turkiya ko‘plab kinoasarlarning suratga olinishiga mezbonlik qiladi» - deya so‘zini yakunlangan u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring