1979-yili 29-dekabrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bir qator badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar ssenariysi muallifi. 2009 yilda «Vijdon» nomli hikoyalar to‘plami nashrdan chiqqan. U ozarboyjon yozuvchisi Ilg‘or Fahmiyning «Aktrisa» romanini, shuningdek, Gabriyel Garsia Markes, Edgar Po, Gi de Mopassan, Karel Chapek, Anor, Sodiq Hidoyat singari dunyoga mashhur yozuvchilarning ko‘plab hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda u «Darakchi» gazetasi bosh muharriridir.