Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yilga subsidiya miqdori belgilandi

2024-yilga subsidiya miqdori belgilandi

Foto: Xabar.uz

«2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024-y.) qabul qilingandi.

Farmonga ko‘ra, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi:

- subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1- noyabriga qadar qabul qilinadi;

- 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi;

- birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring