Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Inomarka»larni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

«Inomarka»larni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

Iqtisodiyot va moliya hamda ichki ishlar vazirliklarining 2024-yil 1-maydagi qo‘shma qaroriga ko‘ra, bojxonadan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibiga doir Nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, endilikda bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartib bo‘yicha mazkur yig‘im har bir ot kuchidan bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 foiz miqdorida edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring