Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Venetsiya kanallari qurib qoldi

Venetsiya kanallari qurib qoldi

Foto: «Getty Images»

Odatda suv sathi ko‘tarilishidan jabr chekib kelgan Venetsiya (Italiya)da 2021-yilda buning aksi kuzatilmoqda: suv naq 48 santimetrga pasayib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Natijada sayyohlarni tashuvchi mashhur gondola (qayiq)lar qirg‘oqlarda qolib ketdi. Endi venetsiyaliklarga harakatlanish yanada qiyinlashdi, chunki ularning asosiy transporti eshkakli va motorli qayiqlar edi.

Grand-kanal. Foto: «Getty Images»

Venetsiyadagi asosiy suv yo‘li — Grand-kanalda suv hozircha bor. Biroq uning sathi ham anchagina pasaygan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil iyunida Venetsiyaning to‘rtdan bir qismini suv bosgandi. O‘shanda suv sathi me’yordan 116 santimetr yuqorilagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring