Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Yer qobig‘ida qancha suv zaxirasi borligini taxmin qildilar

Olimlar Yer qobig‘ida qancha suv zaxirasi borligini taxmin qildilar

Foto: Xabar.uz

Kanadalik olimlar yer qobig‘ida suv zaxiralarining taxminiy miqdorini aniqladilar. Hisob-kitoblarga ko‘ra, sayyoramiz ostidagi suv miqdori 43,9 million kub kilometrni tashkil qiladi. Bu Yerning barcha muzliklarida ko‘proq suv resurslari jamlanganda ham ko‘proqdir. Geophysical Research Letters ilmiy jurnalida chop etildi.

Taqqoslash uchun, Antarktida muzlarida 27 million kub kilometr, Grenlandiya muzliklarida esa 3 million kub kilometr suv bor. Yer muzliklarining qolgan qismidagi miqdor 158 ming kub kilometrni tashkil etadi.

Avvalgi tadqiqotlarga ko‘ra, yer qobig‘ining yuqori qatlamlarida yer osti suvlari ko‘rinishidagi 22,6 million kub kilometr suv resurslari mavjudligi aytilgandi.

Yangi tadqiqot nafaqat g‘ovakligi past bo‘lgan kristalli jinslarni, masalan, granitni, balki ko‘proq g‘ovakli cho‘kindi jinslarni ham tahlil qilish orqali bu taxminni ikki barobarga oshiradi.

Sayoz yer osti suvli qatlamlari, asosan, chuchuk, ichimlik va sug‘orish uchun ishlatiladi. Bundan farqli o‘laroq, chuqur yer osti suvlari sho‘r bo‘lib, osongina aylana olmaydi yoki yer yuzasiga oqib chiqa olmaydi, bu esa uni sayyoramizning qolgan suvlaridan ajratib qo‘yadi, deydi tadqiqot mualliflari.

Olimlarning aniqlik kiritishicha, okeanlar Yerdagi eng katta suv manbai bo‘lib qolmoqda, ularda 1,3 milliard kub kilometr suv bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring