Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 34 nafar shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 34 nafar shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida ham respublikamizning boshqa viloyatlari singari «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sir o‘tkazishga uringan bir necha shaxslar qo‘lga olinmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olinib, ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 23 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olindi.

Tadbir davomida ushbu va boshqa shaxslardan noqonuniy ravishda saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, o‘q-dori va elektroshoker, turli hajm va ko‘rinishdagi pichoq, kastet va bitalar aniqlangan.

Giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishida,50 dan ortiq holatlar fosh etilib, 11 kg  giyohvandlik moddalari va 8 ming 703 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olingan.

Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 64 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan, 2 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilib oilasiga qaytarilgan.

Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring