Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Serbiya bosh vaziri norozilik namoyishlari sabab iste’foga chiqmoqda

Serbiya bosh vaziri norozilik namoyishlari sabab iste’foga chiqmoqda

Serbiya bosh vaziri Milosh Vuchevich iste’foga chiqadi, deb xabar bermoqda Republika nashri.

Mahalliy vaqt bilan soat 11:00da (Toshkent vaqti bilan 15:00) u hukumatda matbuot anjumani o‘tkazadi.

Qayd etilishicha, Vuchevichning iste’fosi Belgrad va Serbiyaning boshqa shaharlarida uch oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida yuz beradi.

Namoyishlar noyabr oyida mamlakatning Novi Sad shahridagi temir yo‘l vokzali ayvoni qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘lganidan keyin boshlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring