Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida strategik hamkorlikka doir qo‘shma bayonot imzolandi

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida strategik hamkorlikka doir qo‘shma bayonot imzolandi

Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

  • Mahsulotlarning «halol» standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;
  • Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • «Aqlli» shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • 2025-2026 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring