Serbiyada motam e’lon qilindi
Serbiyaning Novi Sad shahri temir yo‘l vokzalida beton soyabon qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Ivitsa Dachichning aytishicha, beton plitalari tushga yaqin stansiya tashqarisidagi skameykalarda o‘tirgan odamlar ustiga qulab tushgan.
Vokzal binosi 2021 yilda rekonstruksiya qilingan va bu yil 5 iyul kuni rasmiy ochilish marosimi uchun qayta ta’mirlangan.
Mahalliy OAV Serbiya davlat temir yo‘l kompaniyasidan iqtibos keltirgan holda shiyponni vokzal bilan birga rekonstruksiya qilib bo‘lmaganini qayd etdi.
Shu munosabat bilan bosh vazir Milosh Vuchevich 1964 yilda qurilgan shiyponni saqlab qolishga mas’ul bo‘lganlarning barchasi javobgarlikka tortilishini aytdi.
«Umid qilamizki, bu yakuniy raqam — 14 kishi halok bo‘ldi. Ulardan besh nafarining shaxsini aniqlay olmadik», dedi Vuchich fojiadan bir necha soat o‘tib.
Qutqaruv operatsiyasi yakunlangan. Halok bo‘lgan 14 kishidan tashqari 3 kishi jarohatlangan.
Serbiya hukumati shanbani motam kuni deb e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter