Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sotib olingan uy yerto‘lasida sobiq xo‘jayin yetti yil yashirincha yashab kelgan...

Sotib olingan uy yerto‘lasida sobiq xo‘jayin yetti yil yashirincha yashab kelgan...

«Parazitlar» filmi posteri.

Janubiy Koreyaning «Parazitlar» filmidagiga o‘xshash voqea hayotda yuz berdi: bir xitoylik sotib olgan uyining yerto‘lasida uyning sobiq egasi yashayotganini oradan yetti yil o‘tib sezib qoldi.

Li familiyali erkak 2018-yilda Szyansu provinsiyasida qariyb 2 mln yuan ($280 ming)ga uy sotib olgan, deb yozdi SCMP.

Oradan yetti yil o‘tdi. Kunlarning birida Li uyini yig‘ishtirayotib, zinaning ostida yashirin eshik borligini payqab qoldi. Eshikni ochib kirib, ko‘zlariga ishonmadi: keng yerto‘la risoladagidek jihozlangan, o‘z shamollatish tizimi, muzlatgichi va hatto mini-bariga bor edi.

Li uyning sobiq egasiga darhol qo‘ng‘iroq qildi. U esa yerto‘la ro‘yxatdan o‘tgan ko‘chmas mulk qismi emasligini, balki o‘z shaxsiy dam olish joyi ekanini ro‘kach qildi.

Turgan gapki, ish sudgacha bordi va haqiqat Li tomonida ekani isbotlanib, sobiq xo‘jayinga katta ko‘cha ko‘rsatildi.

Ma’lumot uchun: Rejissyor Pon Jun Xo tomonidan suratga olingan «Parazitlar» filmi premerasi 2019-yil 30-mayida bo‘lib o‘tgan. U tomoshabilar va tanqidchilar tomonidan juda yaxshi qabul qilindi, ingliz tilida suratga olinmagan kinoasarlar ichida birinchi bo‘lib «Eng yaxshi film» nominatsiyasida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring