Parij-2024. O‘g‘il otasining 20 yillik olimpiya rekordini yangiladi
Parij-2024 disk uloqtirish musobaqalarida litvalik 21 yoshli Mikolas Alekna 69,97 metr natija ko‘rsatib, 2004-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan buyon saqlanib kelayotgan rekordni yangiladi.
Qizig‘i, 20 yil oldingi rekordni uning otasi Virgiliyus Alekna o‘rnatgan (69,89 metr).
Ammo shuncha yil deganda zabt etilgan yangi natija «ko‘p yashamadi». Yamaykalik disk uloqtiruvchi Roje Stona to‘rtinchi urinishida ota-bolalardan o‘zib ketdi va yangi rekordni (70 metr) o‘z nomiga yozib, olimpiya chempioniga aylandi. Kichik Alekna «kumush» bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter