Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi
Vladimir Putin 21-noyabr, payshanba kungi videomurojaatida Ukrainaning Dnepr shahriga o‘rta masofali yangi raketa «Oreshnik»da zarba berilgani haqida bayonot berdi. Murojaat 7 daqiqayu 45 soniya davom etdi. BILD nashrining ochiq ma’lumotlar bo‘yicha eksperti Yulian Ryopke kuzatishicha, shuncha vaqt davomida Putin biron marta qo‘lini yoki barmoqlarini qimirlatmadi — ular xuddi stolga qotirib qo‘yilgandek edi.
Ta’kidlanishicha, ilgari Putin gapirayotganida tez-tez qo‘li bilan ishoralar qilardi. Nemis mutaxassisi payshanba kungi murojaat videosi montaj qilingan, harakatsiz qo‘llar tanaga «chizib qo‘yilgan» degan taxminni ilgari surmoqda. Putinning kasalligi yoki hayajonini yashirish uchun shunday qilingan bo‘lishi mumkin. Keyinroq, mudofaa vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda Putin qo‘llari bilan qog‘ozlarni varaqlagani va kamroq ishoralar qilganini ko‘rish mumkin.
«Bu kadrlar Putin butun dunyoga tahdid qilayotgani, ammo o‘z qo‘llarini biron marta qimirlata olmasligini ko‘rsatmoqda», — deya xulosa qildi Ryopke.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter