«Putin juda sezgir» — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning yangi — «Oreshnik» o‘rta masofali ballistik raketasi bilan Dneprga berilgan zarba haqidagi bayonotlariga izoh berdi.
«Bu urush miqyosi oshishi va shafqatsizlikning ochiq isboti, Rossiya tomonidan BMT Nizomining ayovsiz buzilishi», dedi Zelenskiy.
Uning aytishicha, bu Rossiyaning bir yil ichida urushni kuchayish yo‘lidagi ikkinchi qadamidir. Birinchi qadam Shimoliy Koreyaning 11 ming askar ishtirokida Ukrainaga qarshi urushga jalb qilinishi edi.
Zelenskiy, shuningdek, Putinning yangi raketa Rossiya hududiga G‘arbning aniq qurollari bilan berilgan zarbalarga javoban qo‘llangani haqidagi da’volarini yolg‘on deb atadi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bunday tizimlardan avval ham foydalangan.
«Ukrainaga qarshi gipertovushli raketa zarbalari Rossiya tinchlikni istamasligining yana bir isbotidir», — dedi u. — «Putin yolg‘on gapiradi. Bu quroldan birinchi marta foydalanayotganimiz yo‘q. Va biz xalqaro huquqqa muvofiq buni qilishga haqlimiz».
Zelenskiy, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni Rossiyaning harakatlariga imkon qadar qat’iy javob berishga chaqirdi.
«Putin juda sezgir, hozirda dunyodan kuchli reaksiya bo‘lmayotgani uchun sizlarni sinovdan o‘tkazmoqda, aziz hamkorlar. Uni to‘xtatish kerak. Agar Rossiyaning harakatlariga keskin munosabat bo‘lmasa, ular tajovuzni yanada kuchaytirishadi, deydi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 noyabr sanasida prezident Vladimir Putin rossiyaliklarga videomurojaat qilib, Ukrainaga «Oreshnik» raketalarida zarba berilganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter