Harri Keyn Bundesliga rekordini o‘rnatdi
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn «Augsburg»ga qarshi o‘yinda het-trik qayd etib, 14 gol bilan Bundesliga to‘purarlari yakka peshqadamiga aylandi.
Shu uchta gol bilan ingliz futbolchisi Germaniya chempionati tarixida 50 ta golni eng tez kiritgan futbolchi maqomiga ega bo‘ldi. Bu dovonni zabt etish uchun Keynga 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Keyn norvegiyalik Erling Holandning rekordini yangiladi: u «Borussiya» (Dortmund) safida dastlabki 50 ta golini kiritish uchun 50 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter