Janubiy Koreya mudofaa vaziri xalqdan uzr so‘radi va iste’fo berdi
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon xalqdan uzr so‘radi va iste’fo berdi. U bir kun avval mamlakat prezidenti Yun Sok Yolning buyrug‘i bilan e’lon qilingan umumiy harbiy holatga armiyani yo‘llagan edi.
«Milliy mudofaa vaziri sifatida men mas’uliyatni to‘liq o‘z zimmamga olaman va jamoatchilikni sarosimaga solganim va xavotirga qo‘yganimdan afsusdaman», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol seshanba kuni mamlakatda harbiy holat joriy etilganini e’lon qilib, buni «Shimoliy Koreya tarafdori davlatga qarshi kuchlar»ni yo‘q qilish zarurati bilan izohlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter