Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasi taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasi taqiqlanishi mumkin

Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining, shu jumladan elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Fraksiya a’zolarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda tamaki va nikotin mahsulotlarining «zamonaviy» va «innovatsion» turlari, xususan, nikotinni yetkazib berish moslamalari, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar hamda qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining mamlakatimizga qonunga xilof ravishda olib kirish holatlari va aylanmasi ortib bormoqda.

Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar orasida iste’mol qilish holatlari ko‘paydi.

Ushbu qonun loyihasi bilan respublika hududida ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, o‘tkazish maqsadida ularni saqlash, tashish yoki o‘tkazish taqiqlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga nisbatan ta’sirchan chora sifatida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishini nazarda tutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring