Bashar Asadga suiqasd uyushtirildi
Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni Moskvaga kelganidan so‘ng zaharlamoqchi bo‘lishdi, deb xabar berdi Britaniyaning The Sun gazetasi.
«2024-yilning 30-dekabrida 59 yoshli Bashar Asadning salomatligi to‘satdan yomonlashgan. Unda kuchli yo‘tal va bo‘g‘ilish kuzatilgan va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng uning ahvoli o‘nglangan. Asadga suiqasd qilindi deyishga asos bor, chunki tekshiruvlar uning tanasida zahar borligini ko‘rsatdi», — deb yozdi The Sun.
Eslatib o‘tamiz, Damashqni egallayotgan isyonchilardan qochgan Bashar Asad Moskvaga 2024-yil 8-dekabr kechki payt yetib kelgan. Shu kuni Suriyada Asad tuzumi ag‘darilgani e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter