Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda harbiylarning namoyishkorona piyoda yurishi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda harbiylarning namoyishkorona piyoda yurishi bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida 4 yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi

Parad «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida soat 10:30 da faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan boshlanadi.

Harbiy bo‘linmalar «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) — O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi — «Chorsu» bozori — Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) — «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi (O‘zbekiston shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) — Magic City maydoni (Fuqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi. Magic City to‘xtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi.

Parad munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati cheklanadi:

- Qora qamish-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

- KXAY-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

- Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

- Zarqaynar-Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

- Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Islom karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;

- Furqat-Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.

️Mudofaa vazirligi noqulayliklar uchun uzr so‘radi va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring