Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ipoteka» to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar soni 1,5 baravarga oshiriladi

«Ipoteka» to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar soni 1,5 baravarga oshiriladi

2025-yilda «Yangi O‘zbekiston» va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, joriy yil 1-martdan «Yangi O‘zbekiston» massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi.

Bu borada Prezidentning «Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-26-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • hududlarda jami 8,1 mln metr kvadratdan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish;
  • ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish va mazkur maqsadlarga Davlat budjetidan 2,5 trln so‘m yo‘naltirish;
  • uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 20,9 trln so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratish;
  • «Yangi O‘zbekiston» va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun Davlat budjetidan 700 mlrd so‘m hamda tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan 3,0 trln so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring