AQShdan Rossiyaga yoqadigan yana bir qadam

Financial Times gazetasining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar G7 bayonotida Rossiyani «tajovuzkor» deb atashdan voz kechib, an’anaviy birlikni izdan chiqarish bilan tahdid qilmoqda.
Bu haqda nashrga besh nafar g‘arb rasmiysi ma’lum qildi.
FTʼning yozishicha, kelishmovchilik Tramp Zelenskiyni «diktator» deb atagan va Rossiyani G7 tarkibiga qaytarishni taklif qilganidan keyin yuzaga kelgan. Nashr manbalariga ko‘ra, Amerika maxsus vakillari G7 yetakchilari 2022-yildan beri harbiy harakatlarni tasvirlashda ishlatib kelayotgan «Rossiya agressiyasi» iborasi va shunga o‘xshash formulalarga e’tiroz bildirmoqda.
Bundan tashqari, FT ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiyning G7 virtual sammitida ishtirok etishi ham hozircha kelishib olinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter