Trampning reytingi keskin pasaya boshladi: sabab ma’lum

Reuters o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Donald Trampning AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan beri reytingi 3 foizga pasaygan.
Shu bilan birga, Trampning harakatlarini salbiy baholovchilar ulushi bir oy davomida 41 foizdan 51 foizga oshgan.
Reytingning pasayishiga prezidentning iqtisodiy sohadagi harakatlari, xususan, Xitoy, Meksika va Kanadadan import qilinadigan tovarlarga, shuningdek, po‘lat va alyuminiy importlariga bojlar joriy etgani asosiy sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Amerika prezidenti Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan tovarlarga ham import bojlari kiritish bilan tahdid qilmoqda.
Respondentlarning atigi 39 foizi prezidentning harakatlarini ma’qullaydi, bu avvalgi so‘rovdan 4 foizga va 2017-yilda Tramp ma’muriyatining birinchi yilidan 14 foizga kam.
Shu bilan birga, prezidentning iqtisodiy siyosati noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganiga ishonadigan amerikaliklar ulushi 53 foizni tashkil etadi. Bir oy avval respondentlarning atigi 43 foizi Trampning iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha rejalari noto‘g‘ri, deb hisoblagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter