Ipoteka krediti va subsidiya olish tizimi o‘zgartirilyapti

Ayni paytda Prezident Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda developerlar tomonidan ob’yektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘lishi hamda ushbu tartibning nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, endilikda quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Ob’yekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.
«Yangi O‘zbekiston» massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.
Bu uylarni pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.
Hokimlarga bu massivlarga ko‘chib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bog‘cha tashkil qilishni boshlash topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter