Eron Oliy sudi binosi oldida ikki sudya o‘ldirildi
Tehrondagi Eron Oliy sudi binosi yonida otishma yuz berdi. Ikki sudya halok bo‘ldi, ularning bir qo‘riqchisi yaralandi. Mahalliy ma’murlar hodisani terakt sifatida baholadi, deb xabar berdi IRNA agentligi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurollangan hujumchi o‘z joniga qasd qilgan. Uning hujumi sabablari hali aniqlanmagan. Marhumlar Oliy sudning 39 va 53-bo‘limlari rahbarlari bo‘lishgan.
Ta’kidlanishicha, sudyalar milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlar, josuslik va terrorizmga oid ishlarni ko‘rgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter