Erik ten Hag Bundesliga jamoasini boshqarishi mumkin
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi, niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Hag Dortmundning «Borussiya» jamoasini boshqarishi mumkin. Sky Sport telekanali jurnalisti Florian Plettenberg bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Borussiya» bosh murabbiyi Nuri Shahin iste’foga chiqarilishi kutilmoqda. Ten Hag dortmundliklar maslahatchisi Matias Zammer bilan yaxshi munosabatlarga ega. Germaniya chempionati 16-turi doirasida «Borussiya» 2:3 hisobida «Bayer»ga yengilgan o‘yinni Ten Hag bevosita stadionda tomosha qilgan.
Bu mavsum «Borussiya» (D)ning ishlari yurishmayapti: jamoa Germaniya chempionati (Bundesliga)da 17 turdan so‘ng 25 ochko to‘plab 9-o‘ringa tushib ketgan.
Erik ten Hag 54 yoshda, «Manchester Yunayted»ga 2022-yilda kelgan. Uning qo‘l ostida «MY» Liga kubogi (2023) va Angliya kubogi (2024)ni yutgan. Shartnomasi 2026 yilgacha uzaytirilgan Ten Hag 2024-yil oktyabrida iste’foga chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter