Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro shahar madaniyat  bo‘limi sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbari V.N.ga nisbtan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga  Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra,  departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda sobiq rahbari V.N. va boshqalar madaniyat bo‘limiga tegishli 24 dona 89,8 mln so‘mlik rangli «LED» ekranlarini belgilangan talablarga zid ravishda hisobdan chiqarganliklari hamda viloyat madaniyat boshqarmasidan qabul qilib olingan 173,6 mln so‘mlik «LED» ekranlarini Buxoro shahar madaniyat bo‘limiga topshirmasdan 263,5 mln so‘mlik davlat mulkini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ayni paytda o‘zlashtirish alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring