Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apteka.uz sayti shifokorlar uchun maxsus aksiya e’lon qiladi

Apteka.uz sayti shifokorlar uchun maxsus aksiya e’lon qiladi

O‘zbekistonning eng taniqli farmatsevtika portali Apteka.uz bu yil saytning yangi versiyasini va farmatsevtlar bilan shifokorlar uchun bir qator foydali xizmatlarni ishga tushirdi. Portal 2020-yilda o‘zining 15 yilligini nishonlashi munosabati bilan shifokorlar uchun aksiya e’lon qiladi. Aksiya doirasida Sharm al-Sheyxga ikki kishilik sayohat yutish imkoniyati mavjud.

O‘z faoliyatini 2005-yilda boshlagan Apteka.uz portali farmatsevtika sohasi vakillari va shifokorlar uchun farmatsevtika sohasidagi asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Hozirgi kunda portalda 6500ga yaqin turli xil mutaxassislikdagi shifokorlar ro‘yxatdan tgan, shuningdek 10 mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumotlar berilgan. 2019-yilda portal jamoasi yangi veb-saytni, shuningdek farmatsevtika sohasi vakillari va shifokorlar uchun bir qator foydali xizmatlarni ishga tushirdi.

Ushbu xizmatlardan biri «e-Shifokor» – telegram bot shaklida yaratilgan shifokorlarning virtual yordamchisidir. Apteka.uz portali ushbu telegram botini o‘z telefoniga o‘rnatib, bir nechta savollarga javob bergan barcha shifokorlar orasida turistik yo‘llanmani o‘ynashni rejalashtirmoqda. Aksiya tafsilotlari bilan tanishish uchun telegram botga ulanish kerak. «e-Shifokor»ni shu yerda o‘rnatish mumkin.

Bepul bo‘lgan «e-Shifokor» xizmati O‘zbekiston shifokorlariga professional ma’lumotlardan istalgan joyda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Respublikamiz shifokorlarida internetga ulangan kompyuter bo‘lmagan taqdirda ham, aksariyat shifokorlar Telegram messenjerli smartfonlarga ega. Shuning uchun «e-Shifokor» xizmati tibbiy xodimlar uchun foydali ma’lumotlarni, hatto respublikamizning eng chekka hududlarida ham taqdim etadi. «e-Shifokor» loyihasi dori-darmonlar, kasbiy tadbirlar haqidagi ma’lumot, hamda shifokorlar uchun ish takliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Yaqin kelajakda ushbu xizmatga shifokorlar uchun foydali bo‘lgan boshqa ma’lumotnomalarni qo‘shish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Apteka.uz farmatsevtika portali «Salomatlik» mavzusida O‘zbekistonda eng ko‘p tashrif buyuriladigan sayt hisoblanadi. Yil davomida portal xizmatlaridan 2 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Apteka.uz dori-darmonlar va boshqa tibbiy mahsulotlar, farmatsevtika kompaniyalari va O‘zbekiston farmatsevtika bozori to‘g‘risida, sohadagi mahalliy va xorijiy yangiliklar va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni taqdim etadi.

2019-yildan boshlab Apteka.uz portali Amedia Online Group tomonidan boshqariladi. Ushbu korxona boshqaruvi ostida shuningdek Prom.uz savdo platformasi va boshqa loyihalar mavjud.

«e-Shifokor»ga ulanish @eshifokor_bot

Sayt: https://apteka.uz

Bog‘lanish uchun @aptekalivebot

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring