Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston mahsulotlari uchun xorijdagi potensial bozorlar ro‘yxati ishlab chiqildi

O‘zbekiston mahsulotlari uchun xorijdagi potensial bozorlar ro‘yxati ishlab chiqildi

O‘zbekiston mahsulotlari uchun potensial eksport bozorlari va buyurtmachilar talabi o‘rganildi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlarining go4WorldBusiness platformasi ma’lumotlariga asosan ishlab chiqqan mazkur o‘rganishlarda O‘zbekistonda nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan mahsulotlar uchun xorijdagi potensial bozorlar ro‘yxati keltiriladi.

Unga ko‘ra, jumladan:

  • Meva-sabzavotlar hamda ulardan tayyorlangan turli xil qiyom va sharbatlar.

Hududlar - Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari
Potensial bozorlar - Hindiston, BAA, Buyuk Britaniya, AQSh, Malayziya va Singapur

  • Ip-gazlama, kiyimlar, kimyoviy tola va teri mahsulotlari.

Hududlar - Namangan, Qashqadaryo, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Potensial bozorlar - Ispaniya va Indoneziya

  • O‘g‘itlar, kimyoviy mahsulotlar, un va kraxmal.

Hududlar - Farg‘ona, Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri
Potensial bozorlar - Xitoy, Malayziya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Shri Lanka

  • Qimmatbaho toshlar va metallar, rux va mis mahsulotlari.

Hududlar - Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri
Potensial bozorlar - AQSh, Yaponiya, BAA, Koreya Respublikasi, Tailand, Xitoy, Hindiston, Viyetnam

Qayd etilishicha, mazkur mahsulotlar buyurtmachilarining 73 foizi mahsulotni ishlab chiqarish, sug‘urtalash va yetkazib berish xarajatlari sotuvchining zimmasiga yuklatilish talabini qo‘yishgan (CIF). 

Xaridorlarning 61 foizi esa to‘lov shakli sifatida akkreditivni (xalqaro savdoda risk darajasi kichik bo‘lgan eng ishonchli to‘lov shakli – Letter of Credit), 16 foizi bank orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalarni, 11 foizi telegrafik pul o‘tkazmasini (TT  - Telegraphic Transfer) afzal ko‘rishadi.

Buyurtmachilarning 81 foizi uchun mahsulotni yetkazib beruvchi korxona qaysi mamlakatdan ekanligining ahamiyati yo‘q va ushbu bozorlarga o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham kirib borish imkoniyatiga ega.

«Shuni ta’kidlash joizki, hududlarda transport va eksport infratuzilmasining ushbu potensial bozorlarga chiqish uchun moslashtirilishi, eksportchi korxonalarga yaqindan konsultativ va moliyaviy ko‘mak berilishi eksport ko‘lamining oshishi, samaradorlikning yaxshilanishi, innovatsion faoliyatning jadallashishi, aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi», – deyiladi markaz axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring