«Ipoteka» to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar soni 1,5 baravarga oshiriladi

2025-yilda «Yangi O‘zbekiston» va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Shuningdek, joriy yil 1-martdan «Yangi O‘zbekiston» massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi.
Bu borada Prezidentning «Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-26-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- hududlarda jami 8,1 mln metr kvadratdan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish;
- ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish va mazkur maqsadlarga Davlat budjetidan 2,5 trln so‘m yo‘naltirish;
- uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 20,9 trln so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratish;
- «Yangi O‘zbekiston» va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun Davlat budjetidan 700 mlrd so‘m hamda tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan 3,0 trln so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter