800 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilgan – Bosh prokuratura
Aholi bandligiga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash borasida nazorat kuchaytirilgan holda olib borilyapti.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning bildirishicha, jumladan, o‘tkazilgan o‘rganishlarda 764 ming 723 ta yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, 327 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 2,3 mlrd so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi.
Ish haqi va nafaqa pullarining 4,2 mlrd so‘mi talon – toroj qilinganligi aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter